Sirdaryoda 13 yashar bola qarindoshini o‘ldirdi
Sirdaryo viloyatida 13 yashar bola aqli zaif qarindoshini pichoqlab oʻldirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida 13 yoshli bola qarindoshini pichoqlab oʻldirgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Unga koʻra, joriy yilning 18-oktyabr kuni viloyatning Boyovut tumanida yashagan 23 yoshli F.J. ismli erkakning murdasi Guliston shahar “Navbahor” mahallasi hududidagi kanalning tashlandiq joydan topilgan.
Aniqlanishicha, voyaga yetmagan Sh.A. (oʻgʻil bola) voqea sodir boʻlgan kuni “Doʻstlik” va “K-3” kanali oraligʻidagi tashlandiq joydan oʻtib ketayotgan vaqtida uzoq qarindoshi F.J. uni chaqirib, boladan qoʻlidagi pichoq bilan uni oʻldirishini soʻragan. Sh.A. buni rad qilganidan soʻng, F.J. bolani qoʻrqitgan, shundan soʻng voyaga yetmagan Sh.A. F.J.ni pichoq bilan qasddan oʻldirgan.
Maʼlumot oʻrnida, marhum F.E. ruhiy kasalliklar dispanserida “paranoid shizofreniya epizodik kechishi” tashxisi bilan roʻyxatda turgan, deyiladi prokuratura xabarida.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi