28 Oktabr 2024, 18:40 Oʻzbekiston

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorat biroz ko‘tariladi

“O‘zgidromet” ish haftasi davomi kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorat biroz ko‘tariladi

29-oktyabr, seshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqqacha, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 10-15 darajagacha ko‘tariladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Unga ko‘ra, chorshanba kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Sovuq havo massasi mamlakatimiz hududidan chekina boshlaydi, harorat kechasi 2-7 darajagacha, kunduzi 12-17 darajagacha ko‘tariladi.

Payshanba va juma kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Havo harorati kechalari 2-7 daraja iliq, atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari 15-20 darajagacha ko‘tariladi.

28-30-oktyabrda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda tuman tushishi kuzatiladi. 28-30-oktyabrda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Toshkentda dushanba kuni kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kunduzi 10-12 darajadan ko‘tarilmaydi. Seshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja bo‘ladi. 30-oktyabrda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja bo‘ladi. 31-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja bo‘ladi.

Mashhur yangiliklar