26 Oktabr 2024, 16:31 Oʻzbekiston

Sirdaryodagi klaster korxona manipulyatsiyaga yo‘l qo‘ygani aniqlandi

Sirdaryo viloyatida korxona 93 mlrd so‘mlik paxta va chigitni birjaga chiqarmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotgani aniqlandi.

Sirdaryodagi klaster korxona manipulyatsiyaga yo‘l qo‘ygani aniqlandi

Sirdaryo viloyatidagi klaster korxona tomonidan manipulyatsiya harakatlari sodir etilgani aniqlandi, deb xabar berdi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.

O‘rganishlarga ko‘ra, Sirdaryo viloyatidagi White Gold Klaster MChJ 2023-yil hosildan olingan 90 milliard so‘mdan ortiq 5 153,35 tonna paxta tolasi hamda 3 milliard so‘mdan ortiq 1 114,24 tonna texnik chigit mahsulotlarini birja savdolariga qo‘ymagan. Aksincha, korxona ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan.

Bu esa Vazirlar Mahkamasining birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga zid.

Holat yuzasidan klaster korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llandi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Mashhur yangiliklar