Sirdaryoda sodir boʻlgan YTHda “Cobalt” majaqlanib ketdi
Sirdaryoda “Cobalt” ikki yuk mashinasi orasida qolib majaqlanib ketdi.
Sirdaryo tumanida svetoforning taqiqlovchi qizil chirogʻida toʻxtagan “Cobalt” ikki yuk mashinasi orasida qolib majaqlanib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 25-oktyabr kuni soat 02:00 larda tumanning Bunyodkor MFY hududidan oʻtuvchi M-34 avtomobil yoʻlining 76-kmda sodir boʻlgan.
Termiz-Toshkent yoʻnalishida harakatlanayotgan “Cobalt” svetoforning qizil chirogʻida, “Changan” yuk avtomobilining ortidan kelib toʻxtagan. Shu vaqtda ZIL rusumli yuk mashinasi tormoz tizimida yuzaga kelgan nosozlik tufayli oʻz vaqtida toʻxtay olmay, “Cobalt”ning ortidan kelib urilgan.
Oqibatda “Cobalt” rusumli avtomobil yoʻlovchisi jarohat olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hozirgi kunda hodisa yuzasidan Sirdaryo tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Toshkentda Zeekr va Onix ishtirokida YTH yuz berdi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi