25 Oktabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, o‘lim soni ko‘paydi

Statistika agentligi O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, vafot etganlar soni ko‘payganini maʼlum qildi.

O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, o‘lim soni ko‘paydi

Mamlakatda 2024-yil yanvar–sentyabr oylarida tug‘ilganlar soni o‘tgan yil mos davridagidan kamaydi, vafot etganlar esa ko‘paydi. Bu haqda Statistika agentligi tahlilida keltirilgan.

Joriy yil 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 million 355 ming kishidan oshdi. Shundan erkaklar soni 18,8 million, ayollar 18,5 million nafardan ko‘proq. Mamlakat shaharlarida 19 million, qishloqlarida 18,3 million kishi yashamoqda.

Yanvar–sentyabr oylarida respublikada 693,9 ming nafar chaqaloq tug‘ilgan. Taqqoslash uchun, 2023-yilning mos davrida tug‘ilishlar soni 716,9 mingtani tashkil etgan.

2024-yilning 9 oyi davomida mamlakatda 131,7 ming odam vafot etgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davrida 129,7 ming inson hayotdan ko‘z yumgan.

Mashhur yangiliklar