Anqarada terakt uyushtirildi. Qurbonlar bor
Turkiyaning Anqara shahri yaqinidagi harbiy zavodga hujum uyushtirilishi oqibatida 5 kishi qurbon bo‘ldi.
Kecha, 23 oktyabr kuni Anqaradagi TUSAŞ — harbiy samolyotlar va kosmik qurilmalar ishlab chiqaruvchi turk korporatsiyasining ishlab chiqarish obektida terakt sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda bino ichkarisi va tashqarisidagi kuzatuv kameralari orqali olingan kadrlar namoyish etilgan, ularda hujum qilganlarning yuzi ko‘rinib qolgan.
Mahalliy nashrlarda zavod xodimlari garovga olingani haqida ham xabar tarqaldi, ammo bu ma’lumot o‘z isbotini topmadi.
Oradan ko‘p o‘tmay Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya hujum qilganlardan ikki nafari – bir erkak va bir ayol o‘ldirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni besh kishini, yaralanganlar soni esa 22 kishini tashkil etmoqda.
A Haber telekanalining ma’lum qilishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qozonda o‘tkazilayotgan BRIKS sammitidagi ishtirokini yakunlab, 24 oktyabr tongida mamlakatga qaytdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi O‘zbekistonlik 73 yoshli ayol Turkiyada qo‘lga olindi Turkiyada kuchli zilzila qayd etildi Turkiyada 6 nafar o‘zbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi