Qashqadaryoda erkak 7 yoshli o‘gay qiziga jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda
Qizchaga nisbatan tegishli sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda 7 yoshli qiz unga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar qilgan erkak ustidan shikoyat qilgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha tergov harakatlari ketayotganini ma’lum qildi.
Videotasvirlarda voyaga yetmagan qiz yig‘lab, xolasiga bo‘lgan hodisani aytib berganini ko‘rish mumkin.
Dadam ishtonimni yechdi, qo‘limni orqaga qilib, og‘zimga uyatsiz qiliq qildi. Keyin men Men sizning xotiningiz emasmanku dedim… Oyimga ishga chiqmang, dadam menga uyatsiz qiliq qiladi dedim. Bu ishni har doim oyim ishga ketganda qiladi. Agar kimdirga aytsang, seni o‘ldiraman deydi, deya yig‘lab aytadi 7 yoshli qizaloq.
Aniqlanishicha, 2024-yil 12-oktabr kuni Qarshi shahrida yashovchi ayol IIVning 102 raqamli telefoniga holat yuzasidan murojaat yo‘llagan. U 2021-yildan beri birga yashab kelayotgan eri uning 2017-yilda tug‘ilgan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini qilgani to‘g‘risida xabar bergan.
Holat yuzasidan Qarshi shahar IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘limi darhol tergovga qadar tekshiruv boshlab, kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarini olib bordi, deyiladi xabarda.
Bolaga nisbatan tegishli sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan holatni kuzatib borishi va qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Qashqadaryoda Isuzu 95 bosh qo‘yni bosib ketdi Prezident bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqargan shaxs ushlandi