Samarqanddagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi halok boʻldi
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanidagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi vafot etdi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, hodisa bugun, 22-oktyabr kuni soat 6:30 lar atrofida tuman markazidagi Mustaqillik mahallasida joylashgan xonadonlardan birida sodir boʻlgan. Dastlabki taxminlarga koʻra, portlashga xonadonda gaz toʻplanib qolishi va xonadon egasi buni bilmagan holda chiroqni yoqishi sabab boʻlgan.
Portlash oqibatida R.S. (52 yosh), M.S. (55 yosh) hamda ularning farzandlari F.X. (22 yosh) va D.X. (17 yosh) voqea joyida vafot etgan.
Hozirgi kunda tuman prokuraturasi tomonidan vafot etgan shaxslarning oʻlimi sabablarini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Shuningdek, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Samarqandda sud raisining haydovchisi pora bilan ushlandi Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Farg‘onadagi metan zapravkada 10 mrld so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi