22 Oktabr 2024, 17:56 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda ayrim avtomobillar narxi sezilarli pastladi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning iyul-sentyabr oylarida avtomobil narxlari tahlil qildi.

O‘zbekistonda ayrim avtomobillar narxi sezilarli pastladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning iyul-sentyabr oylarida avtomobil narxlari tahlil qildi. Unga ko‘ra, 2024-yilning avgust oyida avtomobil narxlari iyul oyiga nisbatan oshgan bo‘lsa-da, sentyabr oyida narxlarda pasayish kuzatildi.

Mahalliy ommabop avtomobillar — Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark, Damas, Labo narxlari

2024-yilning sentyabr oyida o‘rtacha va ko‘p foydalanilgan ommabop avtomobillar narxlari sezilarli darajada pasaygan bo‘lsa, kam foydalanilgan avtomobil narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. Xususan, avgust oyida kam foydalanilgan Lacetti avtomobilining ikkilamchi bozordagi narxi 4,5 foizga, o‘rtacha foydalanilgani 6,0 foizga va ko‘p foydalanilgani 5,4 foizga oshdi. Sentyabr oyida esa o‘rtacha va ko‘p foydalanilgan Lacetti narxlari avgust oyiga nisbatan mos ravishda 2,1 va 2,8 foizga hamda kam foydalanilgan Lacetti narxlari 0,8 foizga pasaydi.

Mahalliy ommabop avtomobil uchun sentyabr oyida taklif qilingan o‘rtacha narxlar quyidagilarni tashkil qildi:

  • Lacetti: kam foydalanilgan — 15 091 dollar (avgust oyida — 15210 dollar), o‘rtacha foydalanilgan — 14 341 dollar (14 649 dollar), ko‘p foydalanilgan — 13 044 dollar (13 420 dollar);
  • Cobalt: kam foydalanilgan — 13 040 dollar (avgust oyida — 13 189 dollar), o‘rtacha foydalanilgan — 12 301 dollar (12 769 dollar), ko‘p foydalanilgan — 11 488 dollar (11 904 dollar);
  • Spark: o‘rtacha foydalanilgan — 10 078 dollar (avgust oyida — 10 390 dollar), ko‘p foydalanilgan — 8 818 dollar (9 149 dollar).

Mashhur yangiliklar