22 Oktabr 2024, 15:30 Oʻzbekiston

Firibgarlar prezidentning fotosuratidan foydalanib, yolg‘on xabar tarqatayotgani aytildi

O‘zbekistonda firibgarlar davlat rahbarining fotosuratidan foydalanib, yolg‘on xabar tarqatayotgani ma’lum bo‘ldi.

Firibgarlar prezidentning fotosuratidan foydalanib, yolg‘on xabar tarqatayotgani aytildi

Investitsiya kiritish orqali mo‘maygina mablag‘ ishlab olish mumkinligi haqida aytilayotgan videoroliklar yolg‘on deya xabar bermoqda Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati.

Telegram orqali tarqalgan qisqa videoda davlat rahbari nomidan “O‘zingizga va oilangizga qarzlar va barcha kreditlarni yopishga yordam bering. Hayotingizni bugun o‘zgartirish imkoniyatidan foydalaning. Har bir plastikda 17 million so‘m”, deyilgan xabarlar yuborilmoqda.

Markaz internet orqali mo‘may daromad taklif etayotgan har qanday axborotni jiddiy tekshirishni so‘ramoqda.

Ayniqsa, bugun internet firibgarlari hukumat vakillari, mashhur shaxslar qiyofasidan foydalangan holda soxta reklama xabarlarini yaratmoqda. Shuning uchun investitsiya kiritish orqali mo‘maygina mablag‘ ishlab olish mumkinligi haqida aytilayotgan videoroliklarga ishonmang, deyiladi markaz axbortida.

Mashhur yangiliklar