21 Oktabr 2024, 12:30 •Oʻzbekiston
Jizzaxda 812 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlandi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, yetkazilgan zarar toʻliq undirilishi taʼminlangan.
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “L.F.I” MChJ rahbari J.O. jamiyatga qarashli mehmonxonani oʻzboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari gaz tarmogʻiga ulagani aniqlangan. Oqibatda 812,9 mln soʻmlik tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilgan.
Viloyat prokuraturasi tomonidan J.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻirlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Qoʻshimcha qilishicha, dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar toʻliq undirilishi taʼminlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19