21 Oktabr 2024, 08:50 Oʻzbekiston

Ichida bolalar bo‘lgan Damas Farg‘ona kanaliga tushib ketdi

Toshloq tumanida Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas FVV qutqaruvchilari tomonidan suvdan olib chiqildi.

Ichida bolalar bo‘lgan Damas Farg‘ona kanaliga tushib ketdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan Farg‘ona kanaliga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 19-oktabr kuni 17:07 da Farg‘ona viloyati Toshloq tumani “Naymanbo‘ston” MFYda yashovchi fuqaroning boshqaruvida bo‘lgan Damas ehtiyotsizlik oqibatida Farg‘ona kanaliga tushib ketgani haqida FVBga xabar tushgan.

Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olgan. Avtomobilda haydovchi bilan birga uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan. Haydovchi va ikki nafar farzandi avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.

Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mashhur yangiliklar