17 Oktabr 2024, 14:17 Oʻzbekiston

Xalqaro aeroportda shampun ichiga yashirilgan dori vositalari aniqlandi

Toshkent xalqaro aeroportida shampun ichiga yashirilgan tish plombalari va dori vositalari aniqlandi.

Xalqaro aeroportda shampun ichiga yashirilgan dori vositalari aniqlandi

Toshkent xalqaro aeroportida Hindistonning Dehli shahridan uchib kelgan yo‘lovchi 319 dona flakon va ampula ko‘rinishidagi 2 turdagi dori vositalari va 19 dona tish plombalarini shampun qutilari ichiga yashirgancha olib kirmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatib qolindi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaroning yo‘l sumkasi tekshirilganda, soch yuvish vositasiga yashirilgan, belgilangan tartibda bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda aytilmagan, hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlangan.

Fuqaro shisha idishda jami 199 dona Eutrig hamda ampula ko‘rinishidagi 120 dona Sodium Chloride Injection IP nomli dori vositalari, shuningdek, 19 dona stomatologiya uchun sement (plomba)ni yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ularning taxminiy qiymati 30 million so‘mni tashkil etmoqda. Hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar