Fargʻonada kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Fargʻona viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qoʻqon shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda shahardagi Furqat koʻchasi boʻylab harakatlanib kelgan Bestune T99 rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilgan.
Tekshiruv davomida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan U.X. va boshqalarga tegishli 2 dona polipropilen qopda inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi 1 359 dona “Tropikamid”, 3 360 dona “Regapen” va 10 dona “Selofen” nomli dori vositalari hamda 1 dona idishga quyilgan rangsiz suyuqlik borligi aniqlan. Ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onalik shaxsning mashinasidan qariyb 5 kg gashish topildi Ikki hududda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Uch hududda 700 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Fargʻonada 71 mln soʻmlik pirotexnika vositalari yuklangan Spark toʻxtatildi Qariyb 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotayotgan shaxslar ushlandi