Turkiyada kuchli zilzila qayd etildi
Turkiyaning Malatya shahrida salkam 6 magnitudali zilzila yuz berdi.
Turkiyaning Malatya shahrida 16-oktyabr kuni 5,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya hukumatining Tabiiy ofatlarning oldini olish va boshqarish boshqarmasi (AFAD) xabar berdi.
Seysmologlarning maʼlumotlariga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan 10:46 da qayd etilgan. Yer silkinish o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila Diyarbakir va Elazig kabi qo‘shni provinsiyalarda ham sezilgan.
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya tegishli idoralar joylarda tekshiruv ishlarini boshlanganini ma’lum qildi. Jabrlanganlar va vayronagarchilik haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Zilzila tufayli Malatyadagi maktablarda darslar bir kunga bekor qilingan.
Takroriy silkinishlar ehtimoli sababli aholiga hushyorlikni saqlash va mahalliy hokimiyat ko‘rsatmalariga rioya qilish tavsiya etilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi Oʻzbekiston hududida zilzila qayd etildi Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi O‘zbekistonlik 73 yoshli ayol Turkiyada qo‘lga olindi Anqarada terakt uyushtirildi. Qurbonlar bor