15 Oktabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Qamchiq dovonida qor yog‘a boshladi

Aytilishicha, dovonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘moqda, ba’zi joylarida esa yomg‘ir qorga aylangan.

Qamchiq dovonida qor yog‘a boshladi

Qamchiq dovonida havo bulutli bo‘lib, harorat 0 darajaga tushgan. Bu haqda “Qamchiqavtoyo‘l IYFK” davlat muassasasi xabar berdi.

Aytilishicha, dovonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘moqda, ba’zi joylarida esa yomg‘ir qorga aylangan.

Ayrim joylarda tuman, havo harorati 0 darajani tashkil etmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda, deyiladi muassasasi axborotida.

Qamchiq dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qilingan.

Mashhur yangiliklar