14 Oktabr 2024, 12:52 Oʻzbekiston

Ikki hududda 372,2 mln so‘mlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ikki hududda 372,2 mln so‘mlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri hamda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 372,2 mln so‘mlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Qarshi shahrida U.D. “I.S.” MChJga qarashli “Qiziltepa” MFY hududidagi savdo do‘konida qalbaki aksiz markali turli nomdagi jami 1 791 dona alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda umumiy bahosi 51,2 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, “B.S.” MChJ rahbari Sh.A. “S.Sh.” MChJga qarashli Denov tumani “Nurli manzil” MFY hududidagi omborxonada 4 turdagi jami 11 697 dona umumiy bahosi 321 mln so‘mlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar