11 Oktabr 2024, 18:10 •Oʻzbekiston
O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat sezilarli darajada pasayadi
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida kuchli yomgʻir yogʻishi, baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.
Oʻzbekistonda 13-oktyabr, yakshanba kunidan boshlab harorat pasaya boshlaydi. Bu haqda “Oʻzgidromet” direktori Sherzod Habibullayev maʼlum qildi.
Bildirilishicha, 13-oktyabr kuni Respublikaning shimoliy hududlariga, 14-17-oktyabr kunlari qolgan hududlarga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
13-17-oktyabrda havo harorati kechalari 3-8 darajagacha iliq, Oʻzbekiston shimolida baʼzi joylarda 0-2 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 13-18 darajagacha asta-sekin pasayadi.
13-15-oktyabr kunlari Respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekiston bosh vazirining yordamchisi o‘zgardi
25 Noyabr 2024, 13:47Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
25 Noyabr 2024, 13:10Andijonda gaz quvuriga urilgan yuk mashinasi minglab xonadonni gazsiz qoldirdi
25 Noyabr 2024, 12:35Toshkentda Spark katta tezlikda Epica’ga borib urildi
25 Noyabr 2024, 11:57Tadbirkorlar uchun ayrim maʼmuriy javobgarliklar bekor qilinadi
25 Noyabr 2024, 11:23Toshkentdagi uylarning birida yong‘in yuz berdi
25 Noyabr 2024, 10:48Farg‘ona viloyatida “valyutchik”lar qo‘lga tushdi
25 Noyabr 2024, 10:15IIV Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i va poytaxt IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi
25 Noyabr 2024, 09:40