Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Ilhom Sobirov Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Ilhom Qahramonovich Sobirov Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar berdi hokimlik axborot xizmati.
Ilhom Sobirov 1974-yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2003-yilda Guliston davlat universitetini, 2006-yilda prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U viloyat hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Sobirov mehnat faoliyati davomida “O‘zpaxtasanoat” AJda bosh texnik, mutaxassis, bosh muhandis, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasida shu’ba mudiri kabi lavozimlarda ishlagan.
Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar “O‘zcharmsanoat” uyushmasi standartlar va innovatsiyalarni joriy qilish hamda grantlarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.