10 Oktabr 2024, 18:10 Oʻzbekiston

“O‘zgidromet” sel xavfi borligidan ogohlantirdi

O‘zbekistonning 4 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi.

“O‘zgidromet” sel xavfi borligidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” 11 va 13-14-oktyabr kunlari kutilayotgan yog‘inli ob-havo sabab, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi borligini e’lon qildi.

Jumladan:

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Mashhur yangiliklar