10 Oktabr 2024, 16:25 Jahon, Oʻzbekiston

“Milton” to‘foni sabab AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

AQSHdagi o‘zbekistonliklar “Milton” to‘foni sabab ehtiyot сhoralarini ko‘rishga chaqirildi.

“Milton” to‘foni sabab AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

AQSHdagi O‘zbekiston elchixonasi “Milton” to‘foni sabab o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqib, ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ushbu to‘fon sabab AQSHning Florida shtati 51 shahrida favqulodda holat e’lon qilindi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi vatandoshlardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi. Shoshilinch yordam kerak bo‘lsa, elchixonaning quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishin mumkin:

  • +1-202-251-8298;
  • +1-202-300-9526.

Shuningdek, to‘fon natijasida jabrlanganlar aniqlangan taqdirda, AQSHning Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligining quyidagi ishonch raqamlariga murojaat qilish so‘raldi:

  • 911 — shoshilinch tibbiy yordam;
  • (800) 621-3362/ (800) 462-7585/ (800) 985-5990 — Favqulodda vaziyatlarni boshqarish Federal agentligi;
  • 202-646-2500 — umumiy masalalar bo‘yicha;
  • +1-800-342-3557 — Florida shtati ko‘mak liniyasi:
  • +1-800-729-3413 — Florida shtati Evakuatsiya qilishga ko‘maklashish xizmati.

Mashhur yangiliklar