Farg‘onada fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, B.I. (firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro B.R.ga Janubiy Koreyaga ishga yuborishini aytib, unga qalbaki hujjatlarni tayyorlab berib, evaziga 9 300 dollarni qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Shuningdek, tekshiruv davomida B.I. tomonidan 500 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona aeroporti vaqtincha yopildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Toshkentda qalbaki 9 ming dollarlarni sotayotganlar ushlandi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi