10 Oktabr 2024, 10:49 Oʻzbekiston

G‘uzordagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida Mercedes-Benz va Labo to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi.

G‘uzordagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 7-oktyabr kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi, deb xabar beradi viloyat YHXB matbuot xizmati.

YTH soat 14:20 larda Qoratikan mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Haydovchi B.T. boshqaruvidagi Mercedes-Benz avtomobili qarshisidan kelayotgan haydovchi Q.S. boshqaruvidagi Labo bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Labo ichida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar