Toshkentda giyohvandlik vositalarini tarqatish holatlari fosh etildi
Poytaxtda giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatish holatlari aniqlandi.
Toshkent shahrida IIBB xabariga ko‘ra, 2004 yilda tug‘ilgan B. va uning tanishi, voyaga yetmagan 2008 yilda tug‘ilgan A. xolislar ishtirokida tekshirilgan. Tekshiruv natijasida birining yonidan 5 dona, ikkinchisining yonidan 10 dona sellofan paketchalarga o‘ralgan o‘tkir hidli moddalar topildi.
Suhbat jarayonida ular xuddi shunday 5 dona paketchalarni “buyurtma” bo‘yicha joylashtirganligini ma’lum qilgan va manzilni ko‘rsatib bergan. Shuningdek, ular tanishi S.ning ham uyida shunday moddalar borligini ma’lum qilgan. S.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, 10 dona giyohvandlik moddalari solingan paketchalar topilgan.
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanida yana bir giyohvandlik moddasini tarqatuvchi shaxs ushlandi. 2005 yilda tug‘ilgan A. o‘zini shubhali tutgani sababli to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonidan 19 dona qadoqlangan polietilen paketlarga solinib, izolenta bilan o‘ralgan qizg‘ish-jigarrang, o‘tkir hidli ashyolar topilgan.
Shu yerning o‘zida u ko‘chaning xilvat joyiga joylashtirgan 1 dona xuddi shunday modda yashirilgan manzilni ko‘rsatib bergan.
Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi