Toshkentda kotlovan sabab qo‘shni hovlining bir qismi qulab tushdi
Toshkent tumanida «dom» qurish maqsadida qazilayotgan kotlovan sabab qo‘shni hovlining bir qismi qulab tushdi.
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida kotlovan qazish jarayonida qurilish obektiga tutash uyning darvozaxona qismi qulab tushdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat kecha, 8-oktyabr kuni tumanning Bahor mahallasida sodir bo‘lgan. Uy egasining o‘g‘liga ko‘ra, holat sodir bo‘lgan vaqtda ota-onasi uy ichida bo‘lgan.
O‘zim ko‘chada edim. Telefon bo‘lgach zudlik bilan yetib bordim. Qarasam, uyning bir qismi qulab tushibdi. Onam va otamning mazasi bo‘lmay qoldi. Darhol tez tibbiy yordam va qutqaruvchilarga murojaat qildim.
Qutqaruvchilar qo‘shnimizning devorini buzib, uydan onam va otamni olib chiqishdi. Onamning sog‘ligi yomonlashib qolgan ekan, shifoxonaga olib ketishdi. Tibbiy yordam ko‘rsatilib, holatlari yaxshilangach qaytarib olib keldik.
Otam bungacha bir necha bor quruvchilarni kotlovanni yaqin qazmaslik bo‘yicha ogohlantirgan ekan. Ammo hech narsa bo‘lmaydi, deya bilganini qilishgan, deydi uy egasining o‘g‘li.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu qurilish ishlari noqonuniy tartibda amalga oshirilayotgan bo‘lishi mumkin. Negaki, hududda mahalla aholisining aksariyat qismi qarshi bo‘lishiga qaramay “Toshkent mega stroy” MChJ tomonidan qurilish ishlari boshlangan. Tegishli mas’ullarga qilingan murojaatlardan esa natija bo‘lmagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkentda Spark katta tezlikda Epica’ga borib urildi Toshkentdagi uylarning birida yong‘in yuz berdi Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi