O‘zbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi
Ko‘plab mamlakatlar qatorida O‘zbekistonda ham Marburg virusi xavfi sababli nazorat kuchaytirildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan bir qatorda O‘zbekistonda ham Marburg virusi xavfi sababli nazorat kuchaytirilganini ma’lum qildi.
JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.
Sanepidqo‘mita matbuot xizmatining bildirishicha, Marburg virusi isitmasining oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlari hushyorligi oshirilgan.
Marburg isitmasi bilan kasallanishning oldini olish maqsadida:
- gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash;
- gumon qilingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlari tomonidan standart ehtiyot choralarini ko‘rish, qo‘shimcha ravishda infeksiyani yuqtirishining oldini olishga qaratilgan shaxsiy himoya vositalaridan to‘liq foydalanish;
- gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, bemor ajratgan tana suyuqliklari, shuningdek ular bilan ifloslangan yuzalar bilan muloqotda bo‘lmaslik;
- kasallikning etiologiyasi, klinikasi, laborator tashxisoti va kasallikning oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish;
- kasallikni nazorat qilishda xavfsiz inyeksiya usullarini qo‘llash, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, qayta ishlatilayotgan tibbiy asboblarni zararsizlantirish va chiqindilarini xavfsiz yo‘q qilish;
- infeksiya bo‘yicha aholining xabardorligini oshirish maqsadida aholi orasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish kabi choralari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda fuqarolarimizga jiddiy xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilamiz, deyiladi Sanepidqo‘mita matbuot xizmati xabarida.
Мавзуга оид хабарлар:
Sanepidqo‘mita sinfxonalarda me’yordagi harorat qancha bo‘lishi kerakligini tushuntirdi Toshkentda odamlar go‘shtdan zaharlangani haqida xabar tarqaldi Qirg‘izistondan O‘zbekistonga 34 bosh otni noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi Toshkent va yana ikki viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda