8 Oktabr 2024, 18:02 •Oʻzbekiston
Toshkent aeroportida sogʻligʻi yomonlashgan ayol shifoxonada vafot etdi
Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida sogʻligʻi yomonlashgan ayol shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, kecha, 7-oktyabr kuni Dubai-Toshkent aviareysida uchib kelgan, 1986-yilda tugʻilgan ayol sogʻligi yomonlashgani sababli, Chilonzor tumanida joylashgan RShTYoIMga olib kelingan. Biroq tibbiy reanimatsion muolajalarga qaramasdan, ayolda biologik oʻlim holati qayd etilgan.
Marhumaning oʻlimi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deb yozgan Shamsutdinov.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda oltin quymalarini kosmetika ichiga yashirgan shaxs ushlandi Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi Chilonzordagi avtobekat modernizatsiya qilinadi Toshkentdagi YTHda uch kishi jarohatlandi Toshkent aeroportida ayol kishi vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi
Soʻnggi yangiliklar
Yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalari tasdiqlandi
30 Oktabr 2024, 08:1730-oktyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
30 Oktabr 2024, 07:22Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘ldi
29 Oktabr 2024, 19:17Samarqandda Nexia va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
29 Oktabr 2024, 18:40Toshkent tumanida 43 ming xonadon noma’lum muddatga gazsiz qoladi
29 Oktabr 2024, 18:07Toshkent shahrida sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
29 Oktabr 2024, 17:342025 yil uchun Davlat byudjeti loyihasi e’lon qilindi
29 Oktabr 2024, 16:58Jizzaxda 8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan “zapravka” aniqlandi
29 Oktabr 2024, 16:25