Hududlarda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi
Respublikaning to‘rt hududida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi.
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani, Xorazm viloyatining Urganch shahri, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy hamda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Buvayda tumanida fuqaro M.X. inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi 6 dona “Tropikamid” va 14 dona “Pregabalin” nomli dori vositalarini fuqaro A.A.ga 2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Urganch shahrida fuqaro J.M. fuqaro M.X.ga 468 ta kapsula kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 1,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Oltinsoy tumanida “X.-N.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi X.M. xaridorga kirim hujjatlari bo‘lmagan 250 dona “BENZONAL” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 750 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shayxontohur tumanida “G.P.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi M.S. xaridorga shifokor retseptisiz tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddasi bo‘lgan 3 quti “BENZONAL” nomli dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 170 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona aeroporti vaqtincha yopildi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Xorazmda o‘quvchining onasi va o‘qituvchi janjallashdi Farg‘onadagi metan zapravkada 10 mrld so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi Toshkentda 199 mln so‘mlik dorilarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi