4 Oktabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Yangiyo‘lda xonadondan qochib ketgan barcha ilonlar tutildi

Yangiyo‘l tumanida fuqaro yashash uyida Osiyo kobrasini boqqan va ular qochib ketgandi.

Yangiyo‘lda xonadondan qochib ketgan barcha ilonlar tutildi

Yangiyo‘l tumanida yashovchi 44 yoshli fuqaro xonadonidan qochib ketgan 4 bosh ilon tutildi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining matbuot kotibi Bobur To‘laganov xabar berdi.

Qayd qilinishicha, holat tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganilganda internetda tarqalganidan farqli ekani aniqlangan. Jumladan, fuqaro uyida 30 ga yaqin Osiyo kobrasini saqlagani, keyinroq ochiqlikka qo‘yib yuborgani yolg‘on bo‘lib chiqqan.

Ta’kidlanishicha, fuqaro 4 bosh ilon boqqan va ular qochib ketgan. Qisqa vaqt ichida ilonlarning barchasi ushlangan.

Hozir holat yuzasidan hududiy ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar