3 Oktabr 2024, 18:12 Oʻzbekiston

Toshkentda 8-sinf o‘quvchilari maktab stadionida mushtlashdi

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi janjal dars jarayonlaridan keyin sodir bo‘lganini bildirdi.

Toshkentda 8-sinf o‘quvchilari maktab stadionida mushtlashdi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida 8-sinf o‘quvchilari maktab stadionida janjallashdi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat shu kunning o‘zida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib o‘rganish ishlari olib borildi. Ushbu janjal viloyatning Yangiyo‘l shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchilari ishtirokida, dars jarayonlaridan keyin maktab stadionida sodir etilgan.

Shu kunning o‘zida jajallashgan o‘quvchilar ota-onalari shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga chaqirtirilgan. Ogohlantirish berilgan.

Mashhur yangiliklar