1 Oktabr 2024, 16:45 Oʻzbekiston

Maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

Tadbirkorlar o‘z hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda solig‘idan chegirib tashlanadi.

Maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

2025 yildan boshlab O‘zbekistonda xususiy sektorda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasi vakillari bilan muloqotida ma’lum qildi.

Bu kredit foizining asosiy stavkaning 1,5 barobaridan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi. Bundan tashqari, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi ham 5 yil muddatgacha budjetdan to‘lab beriladi.

Tadbirkorlar o‘z hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda solig‘idan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.

Prezident aholi o‘sishi tufayli maktablarda yiliga 120 mingta, bog‘chalarda esa 30 mingta qo‘shimcha o‘ringa talab yuzaga kelayotganini qayd etdi. Shundan kelib chiqib 2025 yili budjetdan ajratiladigan 3 trln 200 mlrd so‘m hisobidan 375 ta maktab va 97 ta bog‘cha rekonstruksiya qilinadi va yangilari quriladi.

Mashhur yangiliklar