30 Sentabr 2024, 15:46 Iqtisod

Issiqxona xo‘jaliklari elektr va gaz uzilishlari haqida oldindan xabardor qilinadi

O‘zbekistonda issiqxonalarga gaz uchun 100 emas, 50 foizlik oldindan to‘lovni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Issiqxona xo‘jaliklari elektr va gaz uzilishlari haqida oldindan xabardor qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-sentabr kuni issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

2024−2025-yillar kuz-qish mavsumidan boshlab issiqxona xo‘jaliklariga hosil yilining dastlabki 3 oyida (oktabr, noyabr va dekabr) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshiriladi.

Mazkur qoida tegishli oyda oldingi davr uchun qarzdorligi bo‘lmagan issiqxona xo‘jaliklariga tatbiq qilinadi.

Bundan tashqari, bosim tushishi yoki uzilishlar bo‘yicha issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalarni kamida 24 soat oldin “Hududgazta’minot” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan majburiy xabardor qilish amaliyoti joriy qilinadi. Shartnomalardagi fors-major holatlari bundan mustasno.

Issiqxona xo‘jaliklari va gaz korxonasi o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berish shartnomalari har 3 yilda bir marotaba tuziladi. Tabiiy gaz yetkazib berish shartnomalarining texnik shartlariga gaz uzatuvchi va gaz yetkazib beruvchi tashkilotlar uchun aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yo‘naltirilgan umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gazning bosimiga oid talablar kiritiladi.

Mashhur yangiliklar