28 Sentabr 2024, 18:12 Oʻzbekiston

Farg‘onada erkak qarindosh ayolni kaltakladi

Oltiariq tumanida erkak kelishmovchilik sabab qarindosh ayolni do‘pposladi.

Farg‘onada erkak qarindosh ayolni kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida yashovchi erkak ayolni do‘pposlab xo‘rlayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 27 sentabr kuni Oltiariq tumani Sharq mahallasida o‘zaro qarindosh bo‘lgan erkak va ayol o‘rtasida kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan.

Mazkur holat shu kunning o‘zida Oltiariq tuman IIB tomonidan ro‘yxatga olinib, ayolning tan jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi munosabatda.

Mashhur yangiliklar