28 Sentabr 2024, 19:24 •Jahon, Oʻzbekiston
O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatga o‘qishga ketyapti?
O‘tgan 8 oyda jami 25,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida chet elga borgan.
O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p o‘qish maqsadida Tojikistonga boryapti. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602 nafarga yoki 2,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Tojikiston — 10 701 nafar;
- Rossiya — 6 032 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi — 2 408 nafar;
- Turkiya — 1 640 nafar;
- Janubiy Koreya — 1 383 nafar;
- Qozog‘iston — 1 102 nafar;
- Xitoy — 507 nafar;
- Buyuk Britaniya — 475 nafar;
- AQSH — 355 nafar;
- BAA — 238 nafar;
- boshqa davlatlar — 974 nafar.
Мавзуга оид хабарлар:
Kamola Mahmudova uzoq davom etgan hastalikdan soʻng vafot etdi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak tanishini o‘ldirib, jasadini bo‘lakladi Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona-bola Oʻzbekistonga olib kelindi
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatga o‘qishga ketyapti?
28 Sentabr 2024, 19:24Aholining hayotiga xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi
28 Sentabr 2024, 18:47Farg‘onada erkak qarindosh ayolni kaltakladi
28 Sentabr 2024, 18:12Isroil “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh oʻldirilganini eʻlon qildi
28 Sentabr 2024, 17:38Farg‘onada betob qizning nomidan sahifa ochib, yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
28 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida qaysi davlat yuqori o‘rinda?
28 Sentabr 2024, 16:18“G‘ishtko‘prik” bojxona postida 3 metrlik ilonni noqonuniy olib o‘tishga urinish bo‘ldi
28 Sentabr 2024, 15:35Bahodir Jalolov boks bo‘yicha milliy terma jamoa sardorligidan ketdi
28 Sentabr 2024, 14:57