O‘zbekistonda AI-80 benzinidan to‘liq voz kechish 2028 yilga qoldirildi
O‘zbekistonda “Yevro-4”dan past standartdagi AI-80 benzinidan to‘liq voz kechish 2028 yilga qoldirildi.
Toshkent shahrida atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan kechiktirib boʻlmas chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2028-yildan boshlab “Yevro-4” standartidan (AI-80) past boʻlgan avtomobil yonilgʻisidan foydalanish taqiqlanadi. Bu haqda chang boʻronlariga qarshi kurashish va havo sifatini yaxshilash boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident qarorida keltirib otilgan.
Shuningdek, qaror bilan 2025−2027-yillarda “Yevro-4”dan past standartdagi yoqilgʻi importini bosqichma-bosqich taqiqlash va mamlakatdagi korxonalarni modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida “Yevro-4” va undan yuqori benzinga oʻtish uchun vaqt kerak. Yil oxirigacha loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqiladi va shundan soʻng Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Loyihani toʻliq yakunlash uchun 30−32 oy vaqt ketadi.
Shu bilan birga, 2025-yildan boshlab AI-92 benzinini ishlab chiqarish har oy oshib boradi. AI-92 benzini ishlab chiqarishga toʻliq oʻtish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, deyiladi “Oʻzbekneftgaz” axborot xizmatining Gazeta.uzʻga bergan izohida.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda 19 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi Toshkentda iste’molga yaroqsiz sariyog‘ni sotmoqchi bo‘lganlar aniqlandi Toshkent va Sirdaryoda “valyutchik”lar ushlandi Toshkentda tez yordam mashinasi nosoz holda harakatlandi Ikki viloyatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlar 250 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi