28 Sentabr 2024, 09:39 Oʻzbekiston

Qashqadaryodagi ayanchli YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Ko‘kdala tumanida Lacetti va Nexia to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi.

Qashqadaryodagi ayanchli YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida Lacetti boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Nexia bilan to‘qnashdi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, YTH soat 21:40 da Ko‘kdala — Kattaqishloq avtomobil yo‘li 10-kilometrida sodir bo‘lgan. Lacetti avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Ro‘parasidan kelayotgan Nexia’ga yo‘l bermay, u bilan to‘qnashuv yuzaga keltirgan.

Holat oqibatida jami 8 kishi jarohatlangan. Xususan, Lacetti’dagi 5 nafar yo‘lovchidan (1998 yilda tug‘ilishgan, barchasi sinfdosh bo‘lgan) 3 nafari vafot etgan.

Nexia mashinasidagi 1 nafar yo‘lovchi ham halok bo‘lgan. Haydovchi va orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchi esa shifoxonada davolanmoqda. Yana ikki nafar jabrlangan inson jonlantirish bo‘limida.

Mashhur yangiliklar