28 Sentabr 2024, 08:54 Oʻzbekiston

Toshkent va Sirdaryoda “valyutchik”lar ushlandi

Ikki hududda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.

Toshkent va Sirdaryoda “valyutchik”lar ushlandi

Toshkent shahrining Yashnobod va Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Yashnobod tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.S. fuqaro J.X.ga 10 170 dollarni 129,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Yangiyer shahrida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.D. fuqaro X.A.ga 3 200 dollarni 40,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 6 350 dollar, 42 300 rubl, 40 Tojikiston somoniysi va 8,6 mln so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar