27 Sentabr 2024, 18:15 Oʻzbekiston

Ikki viloyatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlar 250 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi

Qashqadaryo va Toshkentda elektr va gazdan noqonuniy foydalanganlar 250 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazgani aniqlandi.

Ikki viloyatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlar 250 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi

Qashqadaryo va Toshkentda elektr va gazdan noqonuniy foydalanganlar 250 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti.

Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi va hududiy ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.R. “Yashildiyor” MFY hududidagi noturar binoda hech qanday hujjatsiz o‘rnatilgan muzlatkich konteyneridan tijorat maqsadida ishlatib, jami 163 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.R.” MCHJ masʼul shaxslari Chinobod ko‘chasidagi noturar binosiga o‘rnatilgan gaz hisoblagichga qasddan shikast yetkazib, 191 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar