Kamola Mahmudova uzoq davom etgan hastalikdan soʻng vafot etdi
Asli oʻzbekistonlik, YеTTBning Ozarbayjondagi vakilligi rahbari Kamola Mahmudova 48 yoshida vafot etdi.
Londonda yashab, faoliyat yuritayotgan asli oʻzbekistonlik mutaxassis, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YеTTB)ning Ozarbayjondagi vakilligi rahbari Kamola Mahmudova uzoq davom etgan xastalikdan soʻng 48 yoshida vafot etdi.
Kamola Mahmudova 1976-yil Toshkentda tugʻilgan. U Oʻzbekistonda koʻplab loyihalarni amalga oshirgan, “Khan Academy”, Ezgu Amal, Yashil Buxoro kabilar shular jumlasidan. Mahmudova, shuningdek, bir qator xayriya tashkilotlari, xususiy universitet, Buyuk Britaniyadagi Xalqaro muvofiqlik assotsiatsiyasi va ACAMSʼning Yevrosiyodagi boʻlimi asoschisi boʻlgan.
U 2020-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlagan.
Marhuma Kamola Mahmudovaning dafn marosimi bugun, 27-sentyabr kuni Londonda boʻlib oʻtadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda Polshada YTHga uchragan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi