YеTTB O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish prognozini 6 foizgacha pasaytirdi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YеTTB) O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024 va 2025-yillarda 6 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Bu haqda bank hisobotida ma’lum qilindi.
Maqsadli o’sish darajasiga erishish uchun bozor islohotlarini davom ettirish va infratuzilmaga sarmoya kiritish zarur bo’ladi. Biroq, mineral yoqilg’ilar importining oshishiga olib kelgan energiya resurslarining mavjud taqchilligi mamlakatning iqtisodiy salohiyatini cheklashi mumkin, deyiladi hisobotda.
Shuningdek, YеTTB hisobotida Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Shimoliy Afrikadagi rivojlanayotgan bozorlar iqtisodiyoti 2024-yilda 2,8 foizga, 2025-yilda esa 3,5 foizga o‘sishi prognoz qilingan. Avvalroq, may oyida o’sish prognozi 3% va 3,6% ni tashkil qilgan edi.
Prognozning pastligi bir necha omillar bilan bog‘liq: rivojlangan Yevropa davlatlari iqtisodiyotining zaiflashishi, Qozog‘iston va O‘zbekistonda tog‘-kon sanoatining turg‘unligi, G‘azo sektorida davom etayotgan mojaro, Marokash va Tunisdagi jiddiy qurg‘oqchilik va hokazo.
O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishiga pul o‘tkazmalari va sayyohlar kelishining ko‘payishi sabab bo‘lmoqda. Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar hisobotida mamlakatning xizmat ko‘rsatish va sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari mustahkamlangani qayd etilgan. YеTTB bozorga yo‘naltirilgan islohotlarni davom ettirish va infratuzilma investitsiyalari hisobidan O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024 va 2025 yillarda ham 6,0 foizga o‘sishini kutmoqda. Biroq, mineral yoqilg’i importining o’sishiga olib kelgan energiya taqchilligi qiyinchilik tug’dirishi va o’sish imkoniyatlarini cheklashi mumkin, deyiladi hisobotda.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi