25 Sentabr 2024, 18:02 Jahon, Oʻzbekiston

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi

Sankt-Peterburg shahrida ko‘p qavatli uy balkonini ta’mirlayotgan erkak yiqilib tushib vafot etdi.

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik fuqaro balkonni ta’mirlayotganda turar joy binosining uchinchi qavatidan yiqilib tushdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Hodisa 23-sentyabr kuni Pogranichniy ko‘chasidagi 15-uy yonida sodir bo‘lgan. Uy egasi bir necha bor o‘zbekistonlik erkakni yordamga chaqirgan. U balkonda ishlash jarayonida muvozanatini yo‘qotib, pastga yiqilib, halok bo‘lgan.

Mashhur yangiliklar