Toshkentda o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisini kaltakladi
Ma’lum bo‘lishicha, voqea rus tili fani o‘qituvchisining birinchi ish kunida sodir bo‘lgan.
Toshkentning Chilonzor tumanidagi 188-maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 23-sentyabr kuni taxminan soat 15 lar atrofida ikkinchi smenada 6-“V” sinfida rus tili fani darsi mahalida sodir bo‘lgan.
Dars vaqtida o‘quvchi E.G. o‘qituvchi R.O.ga gap qaytargan va tortishib qolgan. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchini qulog‘idan cho‘zgan, o‘tirgan joyidan partasidan tortib olib chiqqan va uning yuziga tarsaki tushirgan.
Qayd etilishicha, o‘quvchiga tan jarohati etmagan, salomatligi joyida. Biroq voqeadan xabar topgan o‘quvchi E.G.ning ota-onasi o‘qituvchining bu xatti-harakati yuzasidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, rus tili fani o‘qituvchisi R.O. sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan, rasman ishga qabul qilingani bo‘yicha hali buyruq chiqmagan. Yuqoridagi voqea esa uning dastlabki ish kunida sodir bo‘lgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi