Farg‘onada ikki maktab o‘quvchisini 27 ming voltli tok urdi
Uchko‘prik tumanida poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarni tok urdi.
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan ikki yigitni 27 ming voltli tok urdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, holat 17-sentabr kuni soat 13:00 atrofida sodir bo‘lgan. Bu haqda xabar kelganidan so‘ng Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tergov tezkor guruhi voqea joyiga yetib borgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, Buvayda tumaniga qarashli 1-sonli maktabning 2 nafar 10-sinf va 1 nafar 8-sinf o‘quvchilari Uchko‘prik tumanidagi Qaqir temiryo‘l bekatiga kelgan. Temiryo‘l izlarini belgilanmagan joyidan kesib o‘tib, taqiqlangan hududga kirgan.
So‘ngra ular bekatda turgan bug‘doy tashuvchi vagonning ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ehtiyotsizligi oqibatida ikki nafar o‘smirni yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.
Turli darajada tan jarohatlari olgan bolalar tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborilgan. Ulardan biri jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan, tanasining 65 foiz kuygani aytilmoqda.
Ikkinchi bemorga tananing termik kuyish va o‘ng oyoq son suyagi sinishi tashxisi bilan yordam ko‘rsatilgan va yashash joyiga davolanishga o‘tkazilgan, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
2025-yilda metro uchun yana 26 ta poyezd xarid qilinadi Farg‘ona aeroporti vaqtincha yopildi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Farg‘onadagi metan zapravkada 10 mrld so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi Farg‘onada 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi