25 Sentabr 2024, 10:48 Oʻzbekiston

Toshkentda soxta treyder o‘zganing 22 mln so‘mini o‘zlashtirdi

Treyderlik bilan shug‘ullanishi aytib, o‘zganing 22 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi.

Toshkentda soxta treyder o‘zganing 22 mln so‘mini o‘zlashtirdi

Toshkent shahrida yashovchi ayol M.G. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 22 mln so‘m pul nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan sudlangan R.N. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan R.N. jabrlanuvchi M.G. bilan Telegram orqali yozishmalarda o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini vaʼda qilgan. So‘ng aldov yo‘li bilan 22 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan R.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mashhur yangiliklar