25 Sentabr 2024, 08:53 •Oʻzbekiston
Toshkentda Lacetti va Malibu ishtirokida YTH yuz berdi
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 23-sentabr kuni Lacetti va Malibu-2 mashinalari to‘qnashdi. Bu haqda shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
YTH soat 21:30 larda Yusuf Xos Hojib ko‘chasida yuz bergan. Haydovchilar — 2002-yilda tug‘ilgan A.K. va 1996-yilda tug‘ilgan M.Q.
To‘qnashuv oqibatida ushbu haydovchilar hamda Lacetti mashinasi yo‘lovchisi (1951 y.t.) X.T. birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ko‘rish mumkinki, Malibu katta tezlikda harakatlanib, Lacetti’ga urilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. YHXB yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilish va tezlikni me’yordan oshirmaslikni so‘radi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi
Soʻnggi yangiliklar
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi
23 Noyabr 2024, 19:24Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 Noyabr 2024, 18:44Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
23 Noyabr 2024, 18:00Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22