24 Sentabr 2024, 19:27 Oʻzbekiston

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi, Cobalt va Tracker ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisa Cobalt haydovchisining aybi bilan sodir etilgani aytilmoqda.

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi, Cobalt va Tracker ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasida 24-sentyabr kuni soat 10:10 larda Cobalt, Tracker va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, YTH Cobalt haydovchisi aybi bilan sodir etilgan.

Hodisa oqibatida Tracker haydovchisi K.F, yo‘lovchisi T.M va E.Alar yengil tan jarohati olgan. Cobalt va Tracker hamda avtobus texnik shikastlangan.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Mashhur yangiliklar