24 Sentabr 2024, 11:57 •Oʻzbekiston
Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
2025 yil 1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagilar amalga oshiriladi:
- 2025 yil 1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
- 2025-2026 o‘quv yilidan, kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi;
- 2025 yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.
AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida:
- kambag‘al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi;
- tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi “Toshkent–Samarqand” va “Toshkent–Andijon” pulli yoʻllari qurilishi sanasi belgilandi O‘zbekistonda bog‘cha direktori lavozimiga nomzod ko‘rsatishning yangi tartibi joriy qilinadi O‘zbekistonda Milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi Andijondagi bog‘chada bolalarni nazoratsiz qoldirgan tarbiyachi ishdan olindi
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatga o‘qishga ketyapti?
28 Sentabr 2024, 19:24Aholining hayotiga xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi
28 Sentabr 2024, 18:47Farg‘onada erkak qarindosh ayolni kaltakladi
28 Sentabr 2024, 18:12Isroil “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh oʻldirilganini eʻlon qildi
28 Sentabr 2024, 17:38Farg‘onada betob qizning nomidan sahifa ochib, yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
28 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida qaysi davlat yuqori o‘rinda?
28 Sentabr 2024, 16:18“G‘ishtko‘prik” bojxona postida 3 metrlik ilonni noqonuniy olib o‘tishga urinish bo‘ldi
28 Sentabr 2024, 15:35Bahodir Jalolov boks bo‘yicha milliy terma jamoa sardorligidan ketdi
28 Sentabr 2024, 14:57