24 Sentabr 2024, 08:53 Oʻzbekiston

Samarqandda “peshexod”dan o‘tayotgan velosipedchini mashina urib ketdi

Samarqand shahrida Tracker “peshexod”dan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yubordi

Samarqandda “peshexod”dan o‘tayotgan velosipedchini mashina urib ketdi

Samarqand shahrida 23-sentabr kuni voyaga yetmagan velosipedchini mashina urib yubordi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

YTH soat 19:10 lar atrofida Afrosiyob ko‘chasida sodir bo‘lgan. Tracker-2 haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan velosipedchini (2012 y.t.) urib yuborgan.

Oqibatda velosipedchi jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar