23 Sentabr 2024, 16:21 Oʻzbekiston

Toshkentda Spark va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Cobalt ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi.

Toshkentda Spark va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Cobalt ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 23-sentyabr kuni soat 09:25 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li-Uzumzor ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. 1994-yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagiCobalt va 2001-yilda tug‘ilgan K.S. boshqaruvida bo‘lgan Spark to‘qnashgan.

YTH natijasida Cobalt yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar