23 Sentabr 2024, 14:28 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida Spark kanalga tushib ketdi

Chirchiqda haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida Spark kanalga tushib ketdi.

Toshkent viloyatida Spark kanalga tushib ketdi

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida Spark kanalga tushib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Keltirilishicha, 22-sentyabr kuni soat 20:40 atrofida Spark harakatlanib ketayotgan vaqtda haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida Chirchiq shahar “M.Ulug‘bek” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zax kanaliga tushib ketgani bo‘yicha FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra Chirchiq shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, hamkorlikdagi xizmatlar bilan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi. Avtomobilda haydovchining o‘zi bo‘lgan. Haydovchi mashina suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.

Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Mashhur yangiliklar